Системный администратор — Узбекистан, Ташкент — HH — 139299314
6 000 000–10 000 000 UZS
ОткликнутьсяКомпания: ••••••••
Локация: Узбекистан, Ташкент
Формат: Офис
Занятость: Полная занятость
Грейд: не определён
Vazifalar: • Kompaniya ofisi va savdo filiallaridagi kompyuter, monoblok, noutbuk hamda boshqa texnik qurilmalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
• Kompyuter va ofis texnikalarida yuzaga keladigan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
• SAP dasturida yuzaga keladigan texnik muammolarni aniqlash, bartaraf etish va tizimning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish.
• POS savdo dasturidagi nosozliklar va texnik xatoliklarni aniqlash hamda hal etish.
• Videokuzatuv kameralari va kuzatuv tizimlarining ishlashini nazorat qilish.
• Internet, Wi-Fi va lokal tarmoqdagi muammolarni bartaraf etish.
• Printer, skaner, chek printerlari, shtrix-kod skanerlari va boshqa savdo uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish.
• Operatsion tizimlar va zarur dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish hamda sozlash.
• Kompaniya filiallaridagi texnik qurilmalarni muntazam nazorat qilish.
• Xodimlarga dasturiy va texnik masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish.
• Aniqlangan nosozliklar va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yuritish.
Talablar: • Tizim administratori yoki IT mutaxassisi sifatida kamida 1 yil ish tajribasi.
• Kompyuter texnikasi va ofis uskunalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilimga ega bo‘lish.
• Windows operatsion tizimini o‘rnatish va sozlashni bilish.
• Lokal tarmoq, Wi-Fi va internet sozlamalarini yaxshi bilish.
• Videokuzatuv tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
• SAP va POS dasturlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.
• Dasturlarda yuzaga keladigan texnik xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish qobiliyati.
• Muammolarga tezkor yechim topish va mustaqil ishlay olish.
• Mas’uliyatli, intizomli va tashabbuskor bo‘lish.
Shartlar: • Ish joyi: NAvy94 Eb6C Group MCHJ.
• Ish grafigi: 6/1.
• Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.
• Tushlik kompaniya hisobidan.
• Ish haqi: nomzodning bilim va tajribasiga qarab kelishiladi.
• O‘z vaqtida va barqaror ish haqi to‘lanishi.
• Kompaniyaning ofisi hamda savdo filiallarida ishlash.
• Kasbiy rivojlanish va tajriba orttirish imkoniyati.