I AM HIRED

Неделя 310 ₽Месяц 630 ₽3 месяца 1 680 ₽Год 5 680 ₽

Devops boshqarmasining bosh mutaxassisi — Узбекистан, Ташкент

Системная инженерия, DevOps / SRE · сегодня, 14:52 · 18.11.2026

Зарплата не указана

Откликнуться

Компания: ••••••••

Локация: Узбекистан, Ташкент

Формат: Офис

Занятость: Полная занятость

Грейд: Lead / руководитель

Vazifalar:

2.1. Bankning DevOps infratuzilmasi, Linux serverlari, konteyner platformalari va Kubernetes klasterlarining barqaror ishlashini ta’minlash.

2.2. Production, staging va test muhitlarida ilovalarni joylashtirish, yangilash va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish.

2.3. GitLab CI/CD va Jenkins orqali dasturiy ta’minotni yig‘ish, sinovdan o‘tkazish va production muhitiga chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.

2.4. GitLab Runner va boshqa CI/CD komponentlarini sozlash, monitoring qilish va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash.

2.5. Docker va Kubernetes muhitlarida servislarni joylashtirish, konfiguratsiya qilish, resurslarni boshqarish va optimallashtirish.

2.6. Argo CD va Helm yordamida deployment jarayonlarini boshqarish, konfiguratsiyalarni sinxronlashtirish va zarur hollarda rollback qilish.

2.7. Linux serverlari, NGINX, DNS, SSL/TLS va tarmoq servislarini sozlash hamda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish.

2.8. Zabbix, Prometheus va Grafana yordamida infratuzilma, ilovalar va servislarning ishlash holatini monitoring qilish.

2.9. Elasticsearch yoki OpenSearch orqali tizim loglarini tahlil qilish, xatoliklarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish.

2.10. Production tizimlarida yuzaga kelgan incidentlarni tezkor aniqlash, tahlil qilish va mas’ul jamoalar bilan birgalikda bartaraf etish.

2.11. Serverlar va Kubernetes klasterlarida CPU, RAM, disk va tarmoq resurslaridan foydalanishni nazorat qilish hamda samaradorligini oshirish.

2.12. Bash, Python va Ansible yordamida takrorlanuvchi texnik vazifalarni avtomatlashtirish va qo‘l mehnatini kamaytirish.

2.13. Axborot xavfsizligi talablariga muvofiq tizimlarga kirish huquqlari, maxfiy ma’lumotlar va sertifikatlar bilan ishlash tartibiga rioya qilish.

2.14. Infratuzilma va servislar uchun zaxiralash, tiklash, High Availability hamda Disaster Recovery jarayonlarida ishtirok etish.

2.15. Production muhitidagi o‘zgarishlarni tasdiqlangan reglamentlar va change management tartiblariga muvofiq amalga oshirish.

2.16. Dasturchilar, tizim administratorlari, ma’lumotlar bazasi administratorlari va axborot xavfsizligi mutaxassislari bilan hamkorlikda texnik masalalarni hal qilish.

2.17. DevOps infratuzilmasi, CI/CD jarayonlari va Kubernetes konfiguratsiyalari bo‘yicha texnik hujjatlar hamda yo‘riqnomalarni ishlab chiqish.

2.18. Kichik DevOps mutaxassislariga texnik ko‘mak ko‘rsatish, bilim almashish va murakkab vazifalarni bajarishda yordam berish.

2.19. Yangi texnologiyalarni o‘rganish, sinovdan o‘tkazish va DevOps infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2.20. Bajarilgan ishlar, tizimlardagi nosozliklar va amalga oshirilgan o‘zgarishlar bo‘yicha belgilangan tartibda hisobotlar tayyorlash.

Talablar:

1.1. Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

1.2. DevOps, tizim administratsiyasi yoki IT infratuzilmasi yo‘nalishida kamida 1 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi.

1.3. Linux (Ubuntu, Oracle Linux, CentOS, Red Hat) operatsion tizimlarini administrator darajasida bilishi, serverlar va tizim xizmatlarini boshqara olishi.

1.4. Git va GitLab bilan ishlash, repository, branch, merge request, protected branch va foydalanuvchi huquqlarini boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi.

1.5. GitLab CI/CD va Jenkins orqali build, test, deployment va rollback jarayonlarini sozlash hamda boshqarishni bilishi.

1.6. Docker va Docker Compose texnologiyalari bilan ishlash, Dockerfile yaratish, container image’larini tayyorlash va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

1.7. Kubernetes klasterlari bilan ishlash, Pod, Deployment, Service, ConfigMap, Secret, Namespace, Ingress, HPA va boshqa asosiy resurslarni boshqara olishi.

1.8. Argo CD, Helm va GitOps texnologiyalari yordamida ilovalarni avtomatlashtirilgan tarzda joylashtirish va yangilash jarayonlarini bilishi.

1.9. TCP/IP, DNS, HTTP/HTTPS, SSH, SSL/TLS, firewall, load balancing va reverse proxy texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilimga ega bo‘lishi.

1.10. NGINX yoki HAProxy web-serverlarini sozlash, servislarni yo‘naltirish va SSL sertifikatlarini boshqarish tajribasiga ega bo‘lishi.

1.11. Zabbix, Prometheus va Grafana orqali serverlar, Kubernetes klasterlari va ilovalar holatini monitoring qilishni bilishi.

1.12. Elasticsearch yoki OpenSearch orqali tizim loglarini yig‘ish, kuzatish va tahlil qilish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi.

1.13. Bash yoki Python yordamida texnik jarayonlarni avtomatlashtirish, skriptlar yozish va ulardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

1.14. Ansible va Terraform vositalari yordamida serverlar va infratuzilma konfiguratsiyalarini avtomatlashtirish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi.

1.15. VMware, Hyper-V yoki boshqa virtualizatsiya platformalarida virtual serverlarni boshqarish tajribasiga ega bo‘lishi.

1.16. PostgreSQL, MySQL, Redis va Kafka kabi texnologiyalarning asosiy ishlash tamoyillarini, ulanish va monitoring jarayonlarini tushunishi.

1.17. Axborot xavfsizligi, kirish huquqlarini boshqarish, backup, recovery va High Availability tamoyillarini bilishi.

1.18. Production muhitida incident management, change management, root cause analysis va texnik hujjatlashtirish jarayonlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi.

1.19. Rus va ingliz tillaridagi texnik hujjatlar, yo‘riqnomalar va vendor materiallari bilan mustaqil ishlay olishi.

Поиск по вакансиям

Название компании скрыто

Названия компаний и их продуктов мы не публикуем на сайте — они доступны в Telegram-боте I AM HIRED. Откройте эту вакансию в боте: увидите название, сможете откликнуться и настроить рассылку подходящих вакансий.

Открыть вакансию в боте