SMM-менеджер — Узбекистан, Ташкент — HH — 139276882
Зарплата не указана
Откликнуться🏢 nbBKfM haqida
nbBKfM — quriliş va unga yaqin sohalarga ixtisoslaşgan digital marketing agentligi. 2020-yildan buyon Özbekiston va Qozoğistondagi loyihalar bilan işlaş tajribasiga egamiz.
Şu vaqtgaça NRG Uzbekistan, Murad Buildings, Nest One, Ellipse Garden, Trilliant kabi yirik brendlar bilan hamkorlik qilib, 40 dan ortiq loyihani amalga oşirdik. Şuningdek, TAF!22 reklama festivalida oltin va bronza mukofotlarini qölga kiritdik.
NV87v49 9BPbc4rbqU — 2028-yil oxirigaça Özbekistondagi 100 ta quriliş loyihasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni yölga qöyiş.
Şu maqsadga erişiş uçun bizga loyiha auditoriyasi va maqsadlarini tuşunadigan, kontent uçun ğoyalar topadigan va ularni jamoa bilan amalga oşira oladigan SMM menejer kerak.
Biz taşabbus, mas’uliyat va aniq natijalarni qadrlaymiz. Agar kontentni rejalaştiriş, tayyorlat iş, joylaştiriş va natijalarini tahlil qiliş jarayonlarini mustaqil yurita olsangiz, nomzodingizni körib çiqişga tayyormiz.
📌 Asosiy vazifalar
• Har bir loyihaning maqsadi va auditoriyasiga mos kontent-reja tuziş, rejadagi işlarning öz vaqtida bajarilişini ta’minlaş.
• Post, Reels, Stories va motion kontent uçun ğoyalar topiş, video ssenariylari va post matnlarini yoziş.
• Dizayner, videograf, montajyor va motion dizaynerga aniq texnik topşiriqlar beriş, tayyor kontentning topşiriq va loyiha talablariga mosligini tekşiriş.
• Syomkalarni rejalaştiriş va taşkil qiliş: ssenariy, syomka joyi, iştirokçilar va kerakli materiallarni oldindan tayyorlaş.
• Kontent-reja va materiallarni loyiha menejeri bilan kelişiş, mijozning fikr va takliflari asosida kelişilgan özgartirişlarni kiritiş.
• Kontent natijalarini muntazam tahlil qiliş, yaxşi natija bergan formatlardan foydalaniş va natijalarni yaxşilaş uçun takliflar beriş.
• Har oy bajarilgan işlar, asosiy körsatkiçlar, xulosalar va keyingi oy uçun takliflar bilan hisobot tayyorlaş.
• Barça vazifalarni Bitrix24 orqali yuritiş, muddatlar va işning qaysi bosqiçda ekanini öz vaqtida yangilab boriş.
🎯 Kimni qidiryapmiz?
• SMM yoki kontent marketing sohasida kamida 2 yillik amaliy tajribaga ega. Marketing agentligi, quriliş yoki köçmas mulk sohasida işlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
• Real loyihalar, tayyorlangan kontent va natijalarni körsatuvçi portfoliosi bor. Loyihalarda özi qaysi işlarni bajarganini tuşuntirib bera oladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar sahifalarini yuritiş, har bir platformaga mos kontent formatlarini tanlaş tajribasiga ega.
• Maqsadli auditoriya va raqobatçilarni örganib, loyiha maqsadlariga mos kontent-reja tuza oladi.
• Kontent uçun ğoyalar va video ssenariylari tayyorlay oladi, savodli va tuşunarli post matnlarini yozadi.
• Syomkalarni taşkil qiliş, jamoaga aniq topşiriq beriş va tayyor materiallar sifatini tekşirişni biladi.
• Qamrov, körişlar, ER va obunaçilar ösişi kabi körsatkiçlarni tuşunadi, ularni tahlil qilib, kontentni yaxşilaşda foydalana oladi.
• Özbek tilida erkin muloqot qila oladi. Rus tilida ham erkin muloqot qila olişi qoşimça ustunlik hisoblanadi.
• Bitrix24, ClickUp, Notion yoki vazifalarni yuritiş uçun boşqa dasturlarda işlaş tajribasiga ega. Bitrix24 böyiça tajriba qoşimça ustunlik hisoblanadi.
• Bir neçta loyihada işlaganda qaysi işni birinçi bajarişni aniqlaş, işlarni muddatida tugatiş va jamoa bilan natijaga erişişni biladi.
🎁 Biz nima taklif qilamiz?
• Yirik loyihalar bilan işlaş. Özbekistonning yetakçi quriliş kompaniyalari uçun kontent yaratiş, turli formatlarni sinab köriş va kuçli portfolio yiğiş imkoniyati.
• Daromad qat’iy (fiks) oylik emas — loyihalar soni va KPI natijalariga böğliq. 5 tagacha loyiha boşqaring. Har loyiha uçun 3 570 000 söm — belgilangan, qöşimça bonuslar mavjud.
• Örganiş va rivojlaniş. Har hafta tajribali mutaxassislar bilan treninglar va tajriba almaşiş imkoniyati.
• Iş grafigi. Duşanbadan jumagaça, 10:00–19:00 (5/2).
• Faol va ahil jamoa. Sportni yaxşi köradigan, marafonlarda qatnaşadigan jamoa hamda har oy taşkil qilinadigan teambuilding tadbirlari.
• Korporativ taksi. Iş bilan boğliq xizmat safarlari va qatnovlar uçun bepul korporativ taksi.
• Kofe bizdan, kreativ ğoyalar sizdan. Qulay ofis va samimiy jamoamizda sizdek SMM menejerga joy bor.
Saralaş bosqiçlari:
• Telefon orqali suhbat
• Şaxsiyat suhbati
• Mutaxassislik suhbati
• Amaliy sinov