I AM HIRED

Неделя 310 ₽Месяц 630 ₽3 месяца 1 680 ₽Год 5 680 ₽

SMM-менеджер — Узбекистан, Ташкент — HH — 139262691

Маркетинг и продвижение, SMM · сегодня, 12:55 · 09.11.2026

7 000 000–11 000 000 UZS

Откликнуться

Компания: ••••••••

Локация: Узбекистан, Ташкент

Формат: Офис

Занятость: Полная занятость

Грейд: Middle

ASKOga SMM menejer kerak

Mijoz: ASKO, O’zbekiston bo’ylab 80+ filialga ega shina, disk va akkumulyator savdo tarmog’i.

Muammo: Shina va akkumulyator haqida ko’pchilik faqat kerak bo’lganda o’ylaydi. Biz ASKOni shunday brendga aylantirmoqchimiz, uni har kuni kuzatib borish qiziqarli bo’lsin.

Vazifa: Shu brendni Instagram’da “uchiradigan” odamni topish. Bu odam siz bo’lishingiz mumkin.

Siz nima qilasiz:

• Instagram uchun kontent-strategiya va oylik kontent-reja tuzasiz

• Kontentni o’zingiz yaratasiz: Reels’ni suratga olishda ishtirok etasiz, montajni ko'rasiz, post va stories dizaynini tayyorlatasiz, caption yozasiz

• Trendlarni kuzatib, ularni ASKO tiliga moslashtirasiz

• Statistikani tahlil qilasiz: nima ishladi, nima ishlamadi, nega

Biz kimni qidiryapmiz?

Albatta kerak:

• SMM’da kamida 2 yil tajriba va o’zingiz yaratgan kontentdan iborat portfolio

• Reels suratga olish va montaj qilish (CapCut, Premiere yoki boshqa dastur)

• Dizayn bilan ishlash (Canva, Figma yoki Photoshop)

• Instagram statistikasini tushunish: reach, ER, saqlashlar, obunachi o’sishi

Afzallik:

• Akkauntni noldan yoki past natijadan o’stirgan keys

• Meta Ads’da target reklama tajribasi

• Avtosferada ish tajribasi

Xarakter:

• G’oyalaringiz ko’p va ularni o’zingiz amalga oshirasiz

• Tanqidni qabul qilasiz va natija uchun ishlaysiz

• Muddatga amal qilasiz: kontent-reja sizda qog’ozda qolib ketmaydi

KPI: muvaffaqiyatni qanday o’lchaymiz

• Qamrov (reach) va ER o’sishi

• Sifatli obunachilar oqimi

• Kontentning muntazam va o’z vaqtida chiqishi

Biz nima beramiz?

• Maosh: 11 000 000 so'mgacha

• Ish vaqti: 6/1 9:00 - 18:00 (shanba 13:00gacha)

• Rasmiy ishga joylashtirish

• G’oyalar uchun erkinlik: kreativni byurokratiyada bo’g’ib qo’ymaymiz

• 80+ filial, yuzlab xodim va mahsulot: kontent uchun cheksiz material va katta byudjet

Qanday topshirish kerak?

Javob berayotganda portfolio havolasini qo’shing: o’zingiz yuritgan akkauntlar, Reels’lar, Behance, Google Drive.

Bonus: “ASKO Instagram’ida birinchi qiladigan ishim...” degan 2–3 gaplik fikringizni yozing. Bunday javoblarni birinchi bo’lib ko’rib chiqamiz.

Portfoliosiz murojaatlar ko’rib chiqilmaydi.

Поиск по вакансиям

Название компании скрыто

Названия компаний и их продуктов мы не публикуем на сайте — они доступны в Telegram-боте I AM HIRED. Откройте эту вакансию в боте: увидите название, сможете откликнуться и настроить рассылку подходящих вакансий.

Открыть вакансию в боте